Xorazm viloyati, Hazorasp Beshta mahallasi Kelajak sari ko'cha 30-a uy

blog



O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi.
Davlat rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. 
Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Ko‘p asrlar davomida xalqlarni madaniy-tarixiy mushtaraklik bog‘lab turgani alohida qayd etildi. O‘zaro muloqotlar faollashib borayotgani qayd etilib, istiqbolli qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Savdo, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport va kommunikatsiyalar, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp Beshta mahallasi Kelajak sari ko'cha 30-a uy
  • +998 (55) 601-45-41
  • info@hazorasp2-politexnikum.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili